08:00 / 28.06.2021
9 166

Toliblar Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi zastavasini egallab oldi


Xabarda ta’kidlanishicha, mahalliy vaqt bilan soat 12:50gacha davom etgan to‘qnashuvlar oqibatida hukumat qo‘shinlarining 17 harbiysi o‘z hayoti va shaxsiy tarkibni saqlab qolish uchun «Shahritus» chegara otryadining 1-posti orqali Tojikiston tomonga o‘tishga majbur bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, tojik chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilib, afg‘on harbiylariga o‘z hududiga o‘tishga ruxsat bergan.

Ta’kidlanishicha, ushbu chegaraoldi uchastkasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, «Tolibon» va afg‘on hukumat qo‘shinlari o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi zastavasini egallab oldi