23:00 / 29.06.2021
2 433

Pokistonda TikTok bloklandi


Sind viloyati yuqori sudi axloqsiz kontentlar va islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois TikTok ilovasini taqiqladi.
The News gazetasining yozishicha, bu oxirgi ikki yil davomidagi uchinchi taqiq bo‘lib, u 8 iyulgacha amal qiladi. Shu kuni Pokiston telekommunikatsiyalar boshqarmasi va TikTok javobgar sifatida Sind viloyati sudida qatnashadi.

Pokistonlik yuristlar guruhi TikTok sababli jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari iste’moli oshib borayotgani sababli ilovani taqiqlashni so‘rab, mamlakat oliy sudiga murojaat qilgan.

Pokistonda TikTok o‘tgan yil oktabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderatsiya qilishga va’da berganidan so‘ng taqiq bekor qilingandi.

Qisqa videoroliklar yaratish va tomosha qilish uchun mo‘ljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng ko‘p yuklab olingan ilova hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda TikTok bloklandi