14:00 / 30.06.2021
2 421

Mish-mish: Ben Afflek va Jennifer Lopes 2021 yilning oxiriga qadar oila qurishni rejalashtirmoqda


Foto: «Film.ru»
Gollivud yulduzlari Ben Afflek va Jennifer Lopes oila qurish niyatida, deb xabar beradi «Film.ru». Nashr insayderining ma’lumotlariga ko‘ra, aktyor va aktrisa 2021 yil oxirida to‘y qilishni rejalashtirgan, chunki Afflek Lopesni ikkinchi bor «yo‘qotib qo‘yishni» xohlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, juftlik 18 yillik ayriliqdan so‘ng yana bir-birini topgan edi. O‘shanda Ben va Jennifer to‘y qilishni rejalashtirgan, ular bu haqidagi yangilikni ommaga havola etgan. Afflek Jey Loga 1,5 million dollar evaziga qimmatbaho uzuk sovg‘a qilgan va 2003 yil sentabr oyida Santa Monikada bo‘lib o‘tadigan nikoh marosimiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Biroq to‘yga bir necha kun qolganda to‘y bekor qilingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Juftlik buning sababini aytishdan bosh tortgan. Ko‘pchilik ushbu tashabbus Ben tomonidan chiqqan, deb taxmin qilgan.

Bundan tashqari, o‘sha paytda Jenniferning mashhurligi ortib borar, Benni esa odatda muvaffaqiyatsiz loyihalarga taklif qilishar edi. Jenniferning so‘zlariga ko‘ra, ajralishdan keyin u xavotirga tushgan va uzoq vaqt o‘ziga kela olmagan. Shu sabab ular o‘tgan voqealar takrorlanishini xohlamasdan, yil oxiriga qadar nikohdan o‘tishga qaror qilgan. «Aloqalar qayta tiklanganiga texnik jihatdan bir necha hafta bo‘ldi, ammo aslini olganda u tugagan onidan boshlandi», — deydi insayder.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jen va Ben bir-biri haqida barchasini, jumladan, eng «yaxshi, yomon va xunuk» narsalarni ham bilishadi. Avvalroq Lopes unashtirilgan Aleks Rodrigesni to‘yga bir necha kun qolganda tashlab ketgandi. Shundan so‘ng uning Afflek bilan munosabatlari barchaga oshkor bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mish-mish: Ben Afflek va Jennifer Lopes 2021 yilning oxiriga qadar oila qurishni rejalashtirmoqda