13:27 / 09.07.2021
4 479

Dunyodagi eng uzun til sohibi topildi (video)


Foto: «LADbible»
Hindistonda dunyodagi eng uzun til egasi topildi. Bu haqda LADbible xabar bermoqda.
Pravin ismli 20 yoshli hindistonlik rekordchi deb tan olindi. Tilining uzunligi 10,8 santimetrni tashkil etadi. Bu ilgari qayd etilgan rekorddan yetti millimetrga uzunroq. Shu tufayli, yigit tilini burniga tegiza oladi yoki tirsagini yalay oladi.

Ushbu rekord Hindistonning Rekordlar kitobi rasmiy vakillari tomonidan qayd etildi.

Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, 2012 yildan beri amerikalik Nik Stoberlning tili eng uzun deb hisoblanadi. Tilining uzunligi 10,1 santimetr. Bundan oldingi rekord esa 2002 yilda Buyuk Britaniyada qayd etilgan. Tilining uzunligi 9,8 santimetr bo‘lgan Stiven Teylorga tegishli bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng uzun til sohibi topildi (video)