14:33 / 10.07.2021
3 137

«Tolibon» Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Qandahorga hujum boshladi


Bu haqda TOLOnews telekanali mamlakat xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, toliblar ikkita nazorat punktiga hujum qilishgan. Qandahor politsiyasining bildirishicha, shaharga qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.

Avvalroq, «Tolibon» jangchilari Hirot viloyatidagi Eron va Turkmaniston bilan chegaradagi nazorat punktlarini o‘z nazoratiga olishgani, Tojikiston bilan chegarada joylashgan Panj daryosidagi ko‘prikda o‘z bayrog‘ini o‘rnatgani xabar qilingandi.

Moskvadagi uchrashuvda «Tolibon» harakati Afg‘onistondan Rossiya va Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlarga hujum qilish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, harakat Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegaraga hujum qilmaslikka va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Qandahorga hujum boshladi