Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz va tojikistonlik 19 yoshli yigitning jasadi topildi

Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz va tojikistonlik 19 yoshli yigitning jasadi topildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Ust-Ijor qishlog‘i hududidagi daraxtzordan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan ikki o‘smirning jasadi topildi, deb xabar bermoqda «78.ru» huquq-tartibot organlariga tayanib.

«Megapolis»ning ma’lum qilishicha, jasadlar 10 iyul kuni soat 12:00 atrofida Zagorodnaya ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasidan 100 metr narida topilgan. Qiz bir oy oldin 15 yoshga to‘lgan bo‘lib, O‘zbekistonda tug‘ilgan. Uning oilasi Sankt-Peterburgda yashaydi, ro‘yxatdan o‘tmagan.

Qizning onasining aytishicha, 9 iyul kuni tushdan keyin qizi undan 100 rubl so‘ragan va uydan chiqib ketgan. Uydan jasadlar topilgan joygacha — taxminan ikki kilometr. Ilgari qiz oilasidan hech qachon ketib qolmagan.

Yigit esa 19 yoshda ekanligi, uning Sankt-Peterburgga Tojikistondan kelgani va Prosvesheniya prospektida yashagani ma’lum.
Yosh yigit-qizning tanasida zo‘ravonlik alomatlari topilmagan. Tergovchilar ularning o‘limiga o‘z joniga qasd qilish sabab bo‘lgan deb taxmin qilmoqda. Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar