19:43 / 20.07.2021
4 048

Uchinchi farzandga ham ruxsat berildi: Xitoyning niyati nima?


Foto: «AP Photo / Ng Han Guan»
Xitoy hukumati uchinchi farzand tug‘ilishiga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qilmoqda. Bu haqda XXR Davlat Kengashi Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining may oyida tug‘ilishni nazorat qilishni yanada yengillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq bayonot bilan chiqdi.

«Ijtimoiy ta’minotga mablag‘ ajratish to‘xtatilsin, tegishli jazolar bekor qilinsin va yo‘q qilinsin», — deyiladi Davlat kengashi bayonotida.

Unda «uchta bola siyosati»ning asosiy maqsadlari sanab o‘tilgan. 2025 yilga kelib tug‘ilish koyeffitsiyentini faol qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, tug‘ruqdan oldin, tug‘ruqdan keyingi davr va tug‘ruqlar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bolaning tug‘ilishi, boqish, tarbiyalash va o‘qitish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, shuningdek tug‘ilish darajasini optimal ravishda oshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, hukumat gender disbalansi muammosini hal qilish, aholining demografik tuzilishi va sifatini optimallashtirish niyatida. Qonunchilikka nikoh va tug‘ilishni rag‘batlantirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

1970-yillarning oxirlarida Xitoy aholining o‘sishini nazorat qilish uchun «Bir oila — bir bola» siyosatini joriy etgandi. Shahar aholisi bitta farzand ko‘rishi mumkin edi, qishloqda esa birinchisi qiz tug‘ilsa, ikkitagacha farzandga ruxsat berilgandi.

Vaqt o‘tishi bilan ushbu choralar demografik muammolarga olib keldi. Hozir Xitoy aholisining o‘rtacha yoshi 38,8 yoshni tashkil etmoqda, ammo 60 yoshdan oshgan aholi ulushining o‘sishi katta muammo bo‘lib qolmoqda.

2013 yilda hukumat yengillik berishga qaror qildi. Dastlab oilada yolg‘iz bo‘lgan er-xotinlarga, keyinchalik boshqa oilalarga ham ikkinchi farzand ko‘rishga ruxsat berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchinchi farzandga ham ruxsat berildi: Xitoyning niyati nima?