19:00 / 21.07.2021
2 954

Avstraliyada quldor oila ustidan hukm o‘qildi


Foto: «Fotolia / Paul Liu»
Avstraliya sudi ayolni sakkiz yil qullikda saqlagan er-xotinni «insoniyatga qarshi jinoyati» uchun qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda mahalliy ABC telekanali.

Ma’lum bo‘lishicha, 57 yoshli Kandasami Kannan va uning rafiqasi 53 yoshli Kumutxini Kannan hindistonlik ayolni 2007 yildan 2015 yilgacha o‘z uyida qullikda saqlashgan. Shaxsi oshkor qilinmagan ayol sakkiz yil davomida er-xotinning farzandlarini parvarishlashga, ovqat pishirishga, uy yig‘ishtirishga majbur bo‘lgan. U tunu kun tinim bilmagan. Evaziga kuniga 3,39 dollar (2,48 AQSH dollari) ishlab topgan. Ayni paytda 60 yoshli ayolning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar kuzatilmoqda. Bir kuni uni ozib ketgan holda shifoxonaga olib borishganda, uning vazni atigi 40 kilogrammni tashkil etgan.

Viktoriya shtati Oliy sudi chorshanba kuni Kumutxini Kannanni sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qildi, uning eri kamroq «o‘tiradigan» bo‘ldi — olti yil. Er-xotin ayblarga iqror bo‘lishmayapti va o‘zlarining aybsizligini da’vo qilishda davom etmoqda. Oilaning advokatlari sud qarori ustidan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqdalar.

«Qullik insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi», — dedi sud hukmini e’lon qilish paytida sudya Jon Chempion.
Telekanal xabariga ko‘ra, bu Avstraliya sudida maishiy qullik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha birinchi jarayon hisoblanadi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, gap mamlakatda eng uzoq davom etgan qullik haqida bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada quldor oila ustidan hukm o‘qildi