Foto: «INGIMAGE/ASAP»
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi kapsula shaklidagi vaksinani yaratdi va uning klinik sinovlariga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Oramed Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasiga tayanib The Jerusalem Post nashri xabar bergan.
Sinovlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan zahoti Suraski nomidagi tibbiyot markazida boshlanadi: bu yaqin haftalar ichida yuz berishi kutilmoqda. Sinovda hali emlanmagan 24 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Ularning yarmi bitta kapsuladan, qolganlari esa ikkita dozadan preparat qabul qilishadi. Tadqiqot olti hafta davom etadi.
Oramed Pharmaceuticals kompaniyasi bosh direktori Nadav Kidron yangi turdagi oral vaksinaning bir qancha afzalliklarini sanab o‘tdi. Birinchidan, u «koronavirusning turli xil shtammlariga nisbatan ancha chidamli», chunki u Moderna va Pfizerdan farqli o‘laroq, virusning uchta tuzilmali oqsiliga qaratiladi. Ikkinchidan, bunday preparatlarning noxush ta’sirlari kamroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, vaksinani dunyo bo‘ylab yetkazib berish oson, negaki uni saqlash uchun maxsus sharoitlar talab etilmaydi. Kidronning so‘zlariga ko‘ra, uni muzlatgichning standart haroratida tashish mumkin. Xona haroratida esa bemalol saqlasa bo‘ladi. Mutaxassisning fikricha, bu kelgusida odamlarning o‘zlari uyida mustaqil ravishda vaksina qabul qilishlariga imkon beradi.
Oramed Pharmaceuticals kompaniyasining bosh direktori agar sinovlar yaxshi o‘tadigan bo‘lsa, u boshqa mamlakatlarda vaksinani tasdiqlash uchun murojaat qilishini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday preparatlarga, ayniqsa, Janubiy Amerika davlatlari katta ehtiyoj sezmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?