Olimlarning ta’kidlashicha, Antarktidadagi Sheklton muzligi yonidagi cho‘l sayyoramizda biror-bir o‘simlik yoki jonzot izlaridan mosuvo bo‘lgan eng quruq joy hisoblanadi.
Science News nashrining xabar berishicha, biologiya doktori Noy Firer boshchiligidagi mikrobiologlar aynan shu cho‘l Yerda hattoki, biror-bir mikroorganizm ham uchramaydigan joy ekanini aniqlashdi.
Olimlar bu yerda o‘zining bardoshliligi bilan ajralib turuvchi mikroorganizmlar ham yashay olmasligining uch omilini topishgan. Bular: kuchli sovuq, sho‘rlangan havo hamda yerning o‘ta quruqligi.
Mutaxassislarning fikricha, bunday keskin sharoitlar hayot vujudga kelishi imkoniyatini batamom yo‘qqa chiqaradi.
Olimlar muzlikdan 200ta tuproq namunasini olishgan va ularni tahlil qilib chiqishgan. Uning natijalariga ko‘ra, ushbu namunalarda eng sodda organizmlarni ham topishning iloji bo‘lmagan.
“Biz steril toza tuproqni aniqladik, deb ta’kidlamayapmiz. Biroq biz ushbu namunalarda hattoki, mikroorganizmlarni ham aniqlay olmaganimiz, bu yerdagi sharoitlar ular faolligining eng oxirgi chegarasi ekanidan darak beradi”, deb ta’kidlab o‘tishgan olimlar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”