Foto: «RIA Novosti»
COVID-19’ga qarshi emlash kursini to‘liq olgan ayrim kishilar koronavirusning «hindcha» (delta) shtammini boshqalarga, shu jumladan, emlanmaganlarga ham yuqtirishi mumkin. Bu haqda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) rahbari Roshel Valenskiyga asoslanib NBC News xabar berdi.
CDC rahbarining ta’kidlashicha, vaksinalar fuqarolarni COVID-19’ning og‘ir shaklidan, kasalxonaga yotqizilish va o‘limdan himoyalashga «alohida hissa» qo‘shadi. Ammo ayrim hollarda to‘liq emlangan odam virusni yuqtirganda, uning tanasidagi virus yuki emlanmasdan virus yuqtirgan odamnikiga o‘xshash bo‘ladi.
Valenskiyning ta’kidlashicha, delta shtammga chalingan odamlar kasallikni boshqalarga yuqtirishga o‘ta moyil bo‘ladi. Bu esa emlash yoshiga yetmagan bolalarni, immuniteti zaif odamlarni va umuman, emlanmaganlarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan bir qatorda olimlar «hindcha» shtamm virusning asl variantidan ancha yuqumliroq ekanini tasdiqlagan edi.
AQSHda «hindcha» shtammning tarqalishi fonida CDC fuqarolarga jamoat joylarida niqob taqish rejimiga qaytishni tavsiya qildi. Ayni paytda Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga chalinish holatlarining 80 foizi ushbu shtammga to‘g‘ri kelmoqda.
Ilgari, niqob faqat emlanmaganlar uchun zarur bo‘lgan bo‘lsa, endi sanitariya idoralari uni hammaga tavsiya qilmoqda. CDC, shuningdek, barcha o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab xodimlarini ular emlangan bo‘lishidan qat’i nazar, himoya vositalaridan foydalanishga da’vat etdi.
May oyida AQSH hukumati COVID-19’ga qarshi vaksinaning to‘liq kursini olganlar uchun ko‘chada va aksariyat jamoat joylarida niqob taqmaslikka ruxsat bergandi.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda pandemiya boshidan buyon 34 589 719 kishida COVID-19 aniqlangan, 611 251 kishi kasallikdan vafot etgan. AQSH kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi