Koronavirus tarqalishi tezlashdi

Koronavirus tarqalishi tezlashdi
Foto: «Zdorovayarossia.ru»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ma’lum qilishicha, so‘nggi bir oyda koronavirus tarqalishi ikki barobar tezlashdi.

«O‘tgan haftada JSST to‘rt million COVID-19 holati haqida ma’lum qildi. Hozirgi sur’at bilan kelgusi ikki hafta ichida kasallikka chalinganlarning umumiy soni 200 milliondan oshishi kutilmoqda. Biz bu raqamlarga yetarlicha e’tibor bermayapmiz», — deya uning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

JSST rahbari, shuningdek, delta koronavirusi 132 mamlakatda aniqlanganini ta’kidladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar