22:03 / 08.08.2021
3 121

«U tuzaladi, lekin kuylay olmaydi». Shifokor MakSimning komadan keyingi taqdiri haqida gapirib berdi


Foto: Pinterest
Yaqinda MakSimning menejeri uning sog‘lig‘i haqidagi xushxabar bilan bo‘lishdi. Margarita Sokolovaning aytishicha, o‘ziga kelgan xonanda sun’iy nafas oldirish apparatidan uzilgan, nihoyat uning holati barqarorlashgan.

Mazkur xabardan so‘ng xonandaning ovozi tez orada yana yangrashidan muxlislar quvongan edi. Ammo shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Andriyevskiy MakSimning sog‘lig‘i haqida fikr bildirdi va Marina hech qachon qo‘shiq kuylay olmasligini aytdi.

«Koronavirus infeksiyasi bilan gaz almashinuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sodir bo‘ladigan o‘pka to‘qimasida – alveolalarda shilimshiq hosil bo‘ladi, bu ularni butunlay yopib qo‘yadi va gaz almashinuvi buziladi. Buning uchun yaxshi nafas olish kerak. Natijada odam qo‘shiq aytolmaydi va og‘ir jismoniy mashg‘ulotlarga dosh berolmaydi. Mexanik sun’iy nafas oldirish, so‘ng tiklanish ko‘p oylar davomida, ancha uzoq davom etadi», – deydi shifokor.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 15 iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan.

Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan. Endi Marina Maksimova kasalligidan to‘liq tuzalish uchun ko‘p harakat qilishi kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo