
Foto: «Regnum.ru»
Tolibonlar AQSHning Afg‘onistonda yangi hukumat tuzish taklifini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligiga harakatning rasmiy vakili Zabiulla Mujohid ma’lum qilgan.
Uning aniqlik kiritishicha, tomonlar muzokaralarida bu masala hali ko‘tarilmagan.
«Ammo umuman olganda, biz o‘tish davri hukumatini qabul qilmaymiz», — dedi Tolibon vakili.
Uning ta’kidlashicha, tolibonlar «yanada fundamental yechim» izlaydi.
Harakat vakilining agentlikka aytishicha, mamlakat poytaxti — Kobul shahrini egallash bo‘yicha munozaralar boshqa shaharlar ustidan nazorat o‘rnatilgandan keyingina o‘tkaziladi.
Tolibon a’zolari aytishicha, hukumat kuchlari vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotib bo‘lgan.
TolibonlarAQSHAfg‘onistonHukumat TaklifiMuzokaralarPoytaxt Kobul O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar