
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqarorlashtirish choralari fonida MDH davlatlaridan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish haqida topshiriq berdi, deb yozmoqda «Kommersant’».
Bu haqda hisobot 2021 yil 1 sentabrga qadar va kelgusida har chorakda tayyorlanishi kerak, bu hukumat a’zolari bilan uchrashuvdan keyin prezidentning ko‘rsatmalari ro‘yxatida belgilab qo‘yilgan. Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin ushbu jarayonga mas’ul etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti Monopoliyaga qarshi federal xizmatga savdo tarmoqlari orqali sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari shakllanishini kuzatib borish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu boradagi hisobot ham 1 sentabrgacha tayyorlanishi kerak.
Iyun oyi oxirida Vladimir Putin nega Rossiyada sabzi Ekvador bananidan qimmatroq sotilmoqda degan savolga javob berar ekan, mamlakatda «o‘z mahsuloti yetishmayotgani»ni aytgandi. Unga ko‘ra, kartoshka, karam va piyozni o‘z ichiga olgan borshch taomi to‘plamidagi barcha sabzavotlar narxi oshgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston eksporti yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan eksport 12,3 foizga o‘sib, 7 mlrd dollarga yetdi.
Eksport tarkibida sanoat tovarlari (28,8 foiz), oltin (19,7 foiz) va xizmatlar (16,1 foiz) asosiy ulushga ega.
Joriy yilning yanvar-may oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 4 885tani tashkil etib, (2020 yilning mos davriga nisbatan) 36,4 foizga ko‘paydi. Ular tomonidan 5,6 mlrd dollar qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar