2 532
Voronejda avtobus portlashi oqibatida 18 kishi jabrlandi, ulardan biri vafot etdi (video)
Rossiyaning Voronej shahrida yo‘nalishli avtobus portlab ketdi, deb yozadi Meduza. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 18 kishi jabrlangan. Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusevning ma’lum qilishicha, ulardan biri reanimatsiyada vafot etgan, yana uch kishi og‘ir ahvolda.
Avtobusda 35 kishi bo‘lgan. Portlash u bekatda turgan vaqtida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi Aleksey Oleynikov deya o‘zini tanishtirgan odam ishtirokidagi video tarqaldi. U avtobus bekat turgan paytida portlaganini aytgan. «Endi yo‘lga chiqmoqchiydim — gumbur-gumbur, oynalar, tutun, nima bo‘lganiga tushunmay qoldim», — dedi Oleynikov. Ijtimoiy tarmoqlarda portlash aks etgan videoyozuv ham tarqaldi.
Dastlab portlashga gaz uskunasining nosozligi sabab qilib keltirildi, ammo keyinroq avtobus dizelda yurishi ma’lum bo‘ldi. «Interfaks» manbasi Voronejdagi transport nazorati xizmatlariga tayanib, avtobus tomiga qo‘lbola usulda o‘rnatilgan gaz ballonlaridan biri portlaganini aytgandi. Ammo haydovchi avtobusda gaz qurilmasi bo‘lmagani, u dizel yonilg‘isida harakatlanganini ma’lum qildi. Buni tashuvchi kompaniya va shahar hukumati ham tasdiqladi. Baza axborotiga ko‘ra, avtobus ko‘pi bilan bir oy avval texnik ko‘rikdan o‘tgan.
«112» Telegram-kanali ma’lum qilishicha, portlagan avtobusga egalik qilgan kompaniya avvalroq gaz ballonlarini noqonuniy o‘rnatganlik uchun javobgarlikka tortilgan.
Ayni paytda terakt versiyasi ko‘rib chiqilmayapti, deya «Interfaks»ga ma’lum qildi Sergey Sokolov. «Hozircha uning terakt bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi hech narsa yo‘q», — dedi u. Baza qayd etishicha, portlashdan keyin hosil bo‘lgan ko‘p miqdordagi tutun gaz portlashiga emas, balki ammiak selitrasi kabi ayrim moddalargagina xos.
Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev Voronejdagi barcha avtoparklarni tekshirishni buyurdi. «Ertangi kundan Voronejning barcha oxirgi bekatlarida yo‘lovchi transportini tekshirish tashkil qilinadi. Haydovchilar yo‘lovchilarni har qanday yot narsalarga e’tibor qaratish haqida xabardor qiladi. Barcha avtobazalarda transport vositalari puxtalik bilan ko‘rikdan o‘tkaziladi», — dedi Gusev.
Tergov qo‘mitasi yo‘lovchi tashish bo‘yicha talabga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi