00:10 / 14.08.2021
10 462

Erkaklar sochi, ayollar yurishi, telefon tutishi — tolibonlar «yangi tartib» o‘rnatmoqda

Erkaklar sochi, ayollar yurishi, telefon tutishi — tolibonlar «yangi tartib» o‘rnatmoqda
Foto: «Radiosputnik.ria.ru»
Afg‘onistonning Taxor viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning aytishicha, tolibonlar bosib olingan hududlarda o‘z tartiblarini o‘rnata boshlagan, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon harakati a’zolari yangidan-yangi soliqlar joriy eta boshlashgan, shuningdek, mahalliy aholini «noo‘rin xatti-harakatlari» uchun «jazolashmoqda».

Uning izohlashicha, tolibonlar ayollarga tashqariga chiqish va kiyim kiyish borasida cheklovlar qo‘ygan. Erkaklarga soch oldirish taqiqlanadi. Bundan tashqari, telefonlar tekshiriladi: mabodo tolibonlar nuqtai nazaridan mos kelmaydigan narsalar aniqlansa, jazolanadi.

«Alohida fuqarolar va butun guruhlar Tolibon guruhlari uchun navbatma-navbat ovqat tayyorlashga majbur. Fermerlardan ushr va zakot majburiy undirilmoqda. Ikki kishidan ortiq guruh bo‘lib harakatlanish taqiqlanadi, ayollarga esa erining va yaqin qarindoshlarining hamrohligisiz ko‘chaga chiqish taqiqlanadi», — dedi Taxorda yashovchi Abdulholiq Taxori «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tolibonlarning xatti-harakati tufayli u yashash joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

AQSH va NATO mamlakatlari Tolibon va AQSH vakillari o‘rtasida 2020 yilda imzolangan tinchlik shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shinlarni 1 maydan respublikadan olib chiqa boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan. Afg‘onistonda hukumat kuchlari va Tolibon o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo