3 431
Putinning maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak
Zamir Kabulov
Foto: «Kommersant’»
Iste’foga chiqqanini e’lon qilgan va mamlakatdan qochib ketgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qilgan, deb yozmoqda «Kommersant’».
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Ashraf G‘ani televideniye orqali xalqqa yo‘llagan murojaatida oxirigacha kurashishga va jonini ham berishga tayyorligini ta’kidlagan, ammo yakunda sharmandali tarzda qochib ketgan.
«Prezidentlikka saylanishida ham shubhalar bo‘lgandi, boshqaruvda ham yomon ishladi va davlat rahbarligi faoliyatini ham sharmandali yakunladi. Bu borada bunday odamga boshqacha ta’rif ayta olmayman. U (Ashraf G‘ani) afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi va javobgarlikka tortilishi zarur», — degan Zamir Kabulov.
Shuningdek, ekspert Rossiyaning «Tolibon» olib borayotgan siyosatdan qoniqish hosil qilayotganligini qayd etgan.
O‘z navbatida Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasi matbuot kotibi Nikita Ishenko «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida Ashraf G‘anining Kobuldan pullarni qanday olib chiqishga uringani haqida gapirib bergan.
«To‘rtta mashina pul bilan to‘ldirilgandi, vertolyotga ham pul ortishga urinishdi, ammo hamma mablag‘ uchun joy yetmadi. Pullarning bir qismi uchish maydonchasida qolib ketdi», — deya Ashraf G‘anining Afg‘onistondan qochishi haqida hikoya qilgan Ishenko.
Ashraf G‘anining ayni vaqtda qayerda ekani hanuzgacha noma’lum. Avval uning qo‘riqchisi sobiq prezidentning rafiqasi bilan birga Toshkentga kelganini xabar qilgandi. OAVda Ashraf G‘anining Tojikistonga qochgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. O‘zbekiston ham, Tojikiston ham, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari ham Ashraf G‘anining o‘z hududlarida ekanligini rasman tasdiqlamagan.
«Radio Ozodi» nashri o‘z manbalariga tayangan holda Ashraf G‘anining Dushanbega kelgani va bu yerda uzoq vaqt qolmay, samolyotda Ummonga uchib ketganini xabar qilgan. Nashrning yozishicha, Tojikiston aviatsiyasi O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron hukumatlari bilan Afg‘oniston sobiq prezidentining ushbu mamlakatlar hududidan uchib, Ummonga ketishi masalasini kelishgan bo‘lishi mumkin. Eronning Mehr agentligi Ashraf G‘ani Ummonda ekanligining ehtimoli mavjudligi va siyosatchi u yerdan AQSHga ketishi mumkinligini taxmin qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi