17:28 / 18.08.2021
3 735

«Tolibon» Nangarhorda namoyishchilarni o‘qqa tutdi (video)

«Tolibon» Nangarhorda namoyishchilarni o‘qqa tutdi (video)
Afg‘onistonda «Tolibon» harakatining a’zolari namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda mahalliy Pajhwok agentligi va Al-Jazeera telekanali xabar berdi.

Al-Jazeera xabariga ko‘ra, voqea Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahridagi namoyish paytida sodir bo‘lgan. Telekanalning xavfsizlik xizmatlaridagi manbalariga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan.

«RIA Novosti» mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manbaga tayanib, otishmada ikki kishi halok bo‘lgani, yana 12 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.

«Interfaks» manbalarining aniqlik kiritishicha, mahalliy aholi shahar binolaridan davlat bayroqlarining olib tashlanishidan va ular o‘rniga «Tolibon»ning oq bayroqlari o‘rnatilishdan norozi bo‘lgan.

TKG ommaviy axborot vositasining xabar berishicha, Jaloloboddagi namoyishlar 19 avgustda nishonlanadigan Afg‘oniston Mustaqillik kuni arafasida bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan namoyishchilar shaharning bir qancha tumanlarida davlat bayroqlarini ko‘tarib chiqqan. Bu yil mamlakat mustaqilligining 102 yilligini nishonlamoqda.

«Tolibon» Afg‘oniston hududi ustidan nazoratni qo‘lga kiritgandan so‘ng, mamlakatda 1996 yildan 2001 yilgacha o‘rnatilgan Islom Amirligini tiklash niyatida ekanini e’lon qildi. O‘sha davrda «Tolibon»ning bayrog‘i davlat milliy bayrog‘i bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Nangarhorda namoyishchilarni o‘qqa tutdi (video)