
5ta davlat Afg‘onistonda AQSHga yordam bergan afg‘onlarni o‘z hududida vaqtincha joylashtirishni taklif qildi. AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning ta’kidlashicha, bunday taklifni Albaniya, Kanada, Meksika, Uganda va Chili bildirdi.
Prays Kobuldan evakuatsiya qilinadigan afg‘onlarning bir qismi AQSHning Qatar va Kuvaytdagi bazalarida vaqtincha joylashtirilishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Albaniya va Kanada ham bunda yordam berishga tayyorligini aytgan.
AQSHga yordam ko‘rsatgan afg‘onlarni evakuatsiya qilish “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach boshlangandi. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, toliblar avvalgi ma’muriyatda muhim lavozimlarda ishlagan yoki AQSH kuchlariga yordam bergan afg‘onlarning “qora ro‘yxati”ni tuzmoqda.
AQSH vakilining ta’kidlashicha, hozirda Kobul aeroportida evakuatsiya qilinishini kutayotgan 6 mingga yaqin odam qolmoqda. Prays ular orasida amerikaliklar, afg‘onlar va uchinchi davlatlar fuqarolari borligini qo‘shimcha qilgan.
Afg‘onistonda Yordamta DavlatAQSH EvakuatsiyaAlbaniya KanadaTolibon Afg‘onlarKobul Aeroporti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar