«Tolibon» Kobuldagi prezident saroyida
Foto: AP Photo
«Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy idorasi vakili Muhammad Suhayl Shohin chet mamlakatlarga Afg‘onistonni tiklashda va uning tabiiy resurslarini qazib olishda qatnashishni taklif qildi, deb yozadi «Kommersant’». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif barcha mamlakatlarga tegishli.
«Biz endigina urush va vayronagarchiliklar bosqichidan chiqib, yangi davrga kirdik, bunda Afg‘oniston xalqiga boshqa mamlakatlarning yordami zarur bo‘ladi. Ular bizga sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ta’lim va boshqa sektorlarda yordam berishi kerak. Ular kelib, bizning tabiiy resurslarimizni qazib olishi mumkin», — dedi Muhammad Suhayl Shohin.
Uning ta’kidlashicha, harakatning taklifi «barcha mamlakatlarga» qaratilgan bo‘lib, «Tolibon» «Afg‘oniston tarixidagi shunday qiyin bir paytda har qanday davlatning yordamini qadrlaydi».
Avvalroq «Tolibon» BMTdan mamlakatda qolishni va insonparvarlik faoliyatini davom ettirishni so‘ragan edi. BMTning Afg‘onistondagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarovning ta’kidlashicha, tashkilot «Tolibon» bilan aniq kelishuvlarga ega emas.
Bu orada «Tolibon» ba’zi afg‘onistonlik amaldorlarni hibsga oldi. Mamlakat sobiq hukumatining ba’zi vakillari oila a’zolari xabar qilishicha, qarindoshlari g‘oyib bo‘lgan yoki «Tolibon» tomonidan qo‘lga olingan.
ToloNews telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» harakati, xususan, Lag‘mon viloyati sobiq gubernatori va sobiq politsiya boshlig‘ini hibsga olgan, G‘azni viloyati sobiq politsiya boshlig‘i ham g‘oyib bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi