17:30 / 21.08.2021
5 193

Ashraf G‘anining ukasi «Tolibon»ga qo‘shildi

Ashraf G‘anining ukasi «Tolibon»ga qo‘shildi
Foto: «Al Jazeera»
Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘anining ukasi Hashmat G‘ani Ahmadzay «Tolibon» harakatiga sodiqligini aytib, qasamyod qildi. Bu haqda «Tolonews» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qasamyod qilish jarayoni 21 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tgan. Unda harakatning yuqori martabali a’zolari ishtirok etgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Ashraf G‘ani davlat rahbari mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih esa «Tolibon» harakati jangarilariga qasamyod qilishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, siyosatchi muzokara stoliga o‘tirishga tayyorligini ta’kidladi.

«Tolibon» harakati asoschilaridan biri mulla Barodar yangi hukumat tuzish borasida muzokara olib borish uchun allaqachon Kobulga kelgan. Ammo Afg‘oniston vitse-prezidenti ularda ishtirok etadimi yoki yo‘qmi, hozircha hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo