Foto: Kommersant
«Tolibon» Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzadi. Bu haqda Foreign Policy jurnali xabar bermoqda.
Kengashning eng nufuzli uch kishisi Abdul G‘ani Barodar (siyosiy ishlar bo‘yicha Tolibon boshlig‘ining o‘rinbosari), Muhammad Yoqub (Tolibon boshlig‘ining harbiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari) va Xalil al-Rahmon Haqqoniy («Haqqoniy tarmog‘i»ning yuqori martabali a’zosi) bo‘ladi.
Tolibon prezidentlik lavozimini yoki boshqa yagona rahbarni qayta tiklamoqchi emas, lekin ayni paytda oldingi hukumat a’zolariga yangi kengashda o‘rinlarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, Tolibon inklyuziv boshqaruv organini yaratmoqchi.
Nashrning xabar berishicha, toliblar Ahmad Mas’udni ham hukmron kengashda ko‘rishni xohlashadi. Biroq, Panjsher viloyatida joylashgan toliblarga qarshilik kuchlariga Mas’udning rahbarlik qilishi uning kengashga kirishini dargumon qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi