
Irlandiyada kuyov to‘yidan bir necha soat oldin avtohalokat natijasida vafot etdi. Bu haqda The Irish Times nashri ma’lum qildi.
20 yoshli Maylz Xarti 21 avgust kuni uylanishi kerak edi. To‘ydan oldingi kechada u do‘stlari bilan Skoda mashinasida qo‘shni shaharga yo‘l olgan. Yo‘lda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, ustunga borib urilgan.
Old o‘rindiqda o‘tirgan Xarti voqea joyida vafot etgan. Mashina ortida ketayotgan yo‘lovchi yengil tan jarohatlari bilan omon qoldi. Hozirda haydovchi Irlandiyada yo‘l harakati qoidalarini buzganlikda gumon qilinib, hibsga olingan.
Xartining dafn marosimiga yuzlab qarindoshlari va do‘stlari tashrif buyurishgan, ularning ko‘pchilik qismi to‘yda qatnashish maqsadida tashrif buyurishgan edi.
Kuyov To‘yigaIrlandiyada AvtohalokatMaylz XartiYo‘l HarakatiDo‘stlari BilanTan Jarohatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar