
AQSHning Kaliforniya shtatida yashovchi ayol, besh yoshli o‘g‘lini himoya qilish maqsadida, hech qanday qurolsiz Amerika yovvoyi mushugi bilan kurashdi. Bu haqda CBS Los Angeles telekanali ma’lum qildi.
Voqea Kalabasas shahrida sodir bo‘lgan. Bola hovlida o‘ynab turganida, to‘satdan paydo bo‘lgan yovvoyi mushuk uni tutib olib 40 metr masofagacha sudrab borgan.
Bolaning yig‘isini eshitib, uydan yugurib chiqqan ona hayvonni quvib yetishga muvaffaq bo‘lgan.
Bola shifoxonaga yotqizilgan, unda bosh, bo‘yin va tana jarohatlari qayd etilgan.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra so‘nggi 20 yilda bu kabi hayvon hujumlari kuzatilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar