
«Tolibon» harakatning lideri Xaybatulloh Oxunzoda yangi Afg‘oniston hukumatini boshqaradi. Bu haqda harakat vakili Anamulla Samanganiy ma’lum qilgan.
«Yangi hukumat bo‘yicha maslahatlashuvlar deyarli yakunlandi, shuningdek, vazirlar mahkamasining ishi bo‘yicha zarur munozaralar ham. Tarkibi tezda e’lon qiladigan islomiy hukumat xalq uchun namuna bo‘ladi», deydi u.
Tolo News telekanali xabariga ko‘ra, «Tolibon» rahbarlari bir qator viloyatlarga gubernator va politsiya boshliqlarini ham tayinlagan.
«Tolibon» Afg‘onistonda prezidentlik boshqaruv shaklini bekor qilmoqda. Eron boshqaruviga o‘xshash - yetakchi va butun mamlakat ustidan nazorat qiluvchi din ishlari bo‘yicha rahbardan iborat bo‘ladi. Hech qanday prezident bo‘lmaydi va Oxundzoda diniy hamda siyosiy rahbarlikka saylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar