Foto: «Daily Star»
IQ darajasi Albert Eynshteyn va Stiven Xokingdan yuqori bo‘lgan meksikalik qizcha kosmonavt bo‘lib, Marsni o‘zlashtirmoqchi. Bu haqda «Daily Star» xabar bermoqda.
O‘n yoshli Adxara Peres Sanches uch yoshida o‘qishni o‘rgangan. O‘shandayoq u katta pazllarni to‘plashni va algebrani o‘rgana boshlagan. Maktabda tengdoshlari Sanchesni g‘alati va tentakka chiqarishgan. Qizcha ko‘p vaqtini Mendeleyev davriy jadvalini o‘rganishga bag‘ishlagan.
Adxara maktabga borishni xohlamayotganini aytganda onasi unga mos ta’lim dasturini izlashga tushdi. U mutaxassislar bilan maslahatlashdi. Ular bolaning IQ darajasi 162 birlikni tashkil etishini aniqladilar: bu Albert Eynshteyn va Stiven Xoking kabi taniqli daholarning IQ darajasidan ham yuqori degani. Ko‘p o‘tmay Sanches uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Qizcha maktab o‘quv dasturini tezda o‘zlashtirdi va o‘n yoshida tizimli muhandislik va sanoat muhandisligi bo‘yicha ilmiy darajalarga ega bo‘ldi.
Hozir Adxara Arizona universitetiga o‘qishga kirmoqchi. U yerda NASA mutaxassislarining e’tiborini tortib, kosmik tadqiqotlar dasturida ishtirok etish niyatida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sanches IQ darajasi bu darajada yuqori bo‘lgan yagona bola emas. 2019 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida o‘n yoshli Freya Mangotra ham IQ testida 162 ball to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi