16:53 / 17.09.2021
1 698

Jo Bayden badavlat amerikaliklarni soliqlarni halol to‘lashga chaqirdi

Jo Bayden badavlat amerikaliklarni soliqlarni halol to‘lashga chaqirdi
Badavlat amerikaliklar milliardlab dollar soliqlarni to‘lamayapti. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH iqtisodiyotiga bag‘ishlangan nutqida aytib o‘tdi. Nutq Oq uyning "Youtube«dagi kanalida e’lon qilindi.

«Men hech kimni jazolamoqchi emasman... Agar siz million yoki milliard dollar topayotgan bo‘lsangiz, Xudo sizga baraka bersin. Men faqat bitta narsani so‘rayman: o‘rta sinf toifasidagi odamlar kabi soliqlarni halol to‘lang. Ammo hozir bunday bo‘lmayapti», deydi Bayden.

Baydenning ta’kidlashicha, badavlat odamlar har yili to‘lashlari kerak bo‘lgan 160 milliard dollarlik soliqlardan qochmoqda.
«Tartibga solish organlari badavlat fuqarolar qancha pul topayotganini bilmaydi. Shuning uchun ular qancha soliqdan qochayotganini ayta olmaydi», deydi AQSH Prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yirik korporatsiyalar ham soliqlarni halol to‘lashi kerak. AQSH prezidenti 3,5 trillion dollarlik budjet rejasi doirasida korporativ soliq va kapital solig‘ini oshirishni taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo