08:30 / 21.09.2021
2 767

Imron Xon Imomali Rahmonning taklifini «Tolibon»ga yetkazadi

Imron Xon Imomali Rahmonning taklifini «Tolibon»ga yetkazadi
Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning aytishicha, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralardan so‘ng, “Tolibon” bilan Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzish bo‘yicha muloqotni boshlagan, deb xabar beradi Aziya Plyus axborot agentligi.

Pokiston bosh vaziri va Tojikiston prezidenti o‘rtasidagi uchrashuv 17 sentabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan edi. Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar Dushanbeda Afg‘oniston milliy qarshilik fronti va “Tolibon” vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etishga kelishib olgan.

«Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan uchrashgandan so‘ng, ayniqsa, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, men “Tolibon” bilan Afg‘onistonda barcha etnik guruhlar - tojiklar, hazoralar, o‘zbeklar ishtirok etadigan inklyuziv hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladim” deb yozgan Imron Xon o‘zining tvitterida.

U o‘z tvitiga yozgan izohida, “40 yillik ziddiyatdan so‘ng, bu inklyuzivlik Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bilan birga butun mintaqa manfaatlariga mos keladi", deb qo‘shimcha qilgan.

Muzokaralar yakunida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe va Islomobod Tojikiston poytaxtida “Tolibon” harakati va Afg‘oniston tojiklari o‘rtasidagi muzokaralarni o‘tkazishga kelishib olganini aytgan. Shu nuqtai nazardan, yaqin kelajakda qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlik tiklanishiga umid bildirilib, bunda Afg‘onistondagi barcha siyosiy va etnik guruhlarning manfaatlari hisobga olinishi ta’kidlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Imron Xon Imomali Rahmonning taklifini «Tolibon»ga yetkazadi