Temur Bekmansurov
Foto: VK / «RBK»
Perm davlat universitetida otishma sodir etgan talaba Timur Bekmansurovning chap oyog‘i tizzasigacha kesib tashlandi. Bu haqda Shot Telegram kanaliga tayanib Meduza xabar berdi.
Bu ma’lumot «59.ru» nashrining tibbiy doiralardagi manbasi tomonidan tasdiqlangan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Bekmansurovning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib qolmoqda, u reanimatsiya bo‘limida sun’iy nafas oldirish apparatlariga ulab qo‘yilgan.
Mash aniqlik kiritishicha, Bekmansurovning jarohatlaridan biri sonida joylashgani tufayli, uning oyog‘ini amputatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, u o‘pkasidan, jigaridan, ichagidan yaralangan, siydik yo‘liga zarar yetgan.
«Izvestiya» manbasiga ko‘ra, tromblar hosil bo‘lgani tufayli oyoq kesib tashlangan.
Bekmansurov Perm davlat universitetida sodir etgan otishma oqibatida olti kishi halok bo‘lib, yana 28 kishi yaralandi, ularning to‘qqiz nafari — og‘ir jarohatlar oldi. 21 sentabr holatiga og‘ir ahvolda yotganlar yetti kishini tashkil qildi.
Bekmansurov qo‘lga olinish chog‘ida yaralandi. Voqea joyiga yetib kelgan YPX inspektori Konstantin Kalinin unga qurolni tashlashni buyurdi, ammo talaba o‘q uzdi, shundan keyin inspektor bunga javoban o‘t ochdi. Bekmansurovni qo‘lga olish bo‘yicha harakatlari uchun Kalinin davlat mukofotiga tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi