
Foto: «RIA Novosti»
Afg‘onistonning yangi hukumati prezident Ashraf G‘ani olib chiqib ketgan davlat mablag‘lari qaytarilishini talab qilmoqda. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihullo Mujohid «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.
«Biz Ashraf G‘ani topshirilishini talab qilmayapmiz. Ammo u o‘g‘irlab ketgan davlat mablag‘lari bankka qaytarilishini istaymiz. Bu pullar xalqimiz va banklarimizniki», — dedi Mujohid.
Prezident Ashraf G‘ani Kobul «Tolibon» harakati qo‘liga o‘tgan avgust oyida mamlakatni tark etgan va «qirg‘inbarotning oldini olish uchun» bu ishga qo‘l urganini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar