Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina Myanmaning Arakan shtatilik musulmon rohinjalarin vataniga qaytarish zarurligini ta’kidladi, deya xabar bermoqda «Anadolu».
Bosh vazir qochqinlarning Myanmaga xavfsiz shaklda qaytarish uchun xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb 1,2 million qochqin rohinjaning ta’minoti Bangladeshga og‘irlik qilyapti.
«So‘nggi to‘rt yil davomida xalqaro hamjamiyatning yordamidan umid qildik, biroq chaqiriqlarimiz e’tiborga olinmadi», – dedi Shayx Hasina.
Shuningdek, u arakanlik qochqinlar masalasining hal etilmaganligi kollektiv xavfsizlik uchun tahdid ekanligini va mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkinligini ta’kidladi. Bangladesh bosh vaziri rohinjalarga nisbatan vahshiyliklar sodir etganlar albatta jazolanishi zarurligini, bunday jinoyatlar hech qachon javobsiz qolmasligi kerakligini ham aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, musulmon rohinjalar Myanmadagi zulmlar va shafqatsizliklar tufayli qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tgan. BMT rohinjalar masalasida Myanmani etnik tozalashda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin