13:07 / 26.09.2021
2 180

«Tolibon» Afg‘onistonda jismoniy jazolarni qaytadan joriy qilmoqchi

«Tolibon» Afg‘onistonda jismoniy jazolarni qaytadan joriy qilmoqchi
Foto: EPA
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga qaytib kelgan «Tolibon» harakati jismoniy jazolar amaliyotini qaytadan joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Tolibon» asoschilaridan biri mulla Nuriddin Turobiy Associated Press’ga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb yozadi Meduza.

«Tolibon»ning Afg‘onistondagi avvalgi hukmronligi davrida (1996—2001 yillar) ular stadionlarda jismoniy jazolar va ommaviy qatllarni amalga oshirar edi. Masalan, o‘g‘rilikda ayblanganlarning qo‘li kesib tashlangan, qotillar esa o‘z qurbonlarining qarindoshlari tomonidan kallasidan otib tashlangan.

Toliblarning avvalgi hukmronligi vaqtida Fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarni yo‘qotish vazirligi (diniy politsiya rolini bajargan)ni boshqargan Turobiy aytishicha, Afg‘onistonda jismoniy jazolar qayta amaliyotga kiritiladi. Ammo ularning omma oldida amalga oshirilishi yuzasidan qaror qabul qilinganicha yo‘q.

«Qo‘llarni chopish xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur», — dedi Turobiy bu tiyib turish xususiyatiga ega ekanini ta’kidlab.

«Stadionlarda amalga oshirilgan jazolar uchun bizni ham tanqid qilardi, ammo biz ularning qonunlari va jazolari haqida hech qachon hech narsa demaganmiz. Bizning qonunlarimiz qanaqa bo‘lishi kerakligini hech kim bizga o‘rgata olmaydi. Biz islomga amal qilib, o‘z qonunlarimizni Qur’on asosida o‘rnatamiz», — dedi Turobiy.

Keyinroq OAVlarda «Tolibon» harakati Hirot viloyatida odamlarni o‘g‘irlab ketishda ayblangan to‘rt kishini qatl qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar erkaklarni avval otib tashlab, so‘ng ularning jasadlarini namoyishkorona tarzda osib qo‘ygan.

Hirotdagi tuman politsiyasi boshlig‘i ma’lum qilishicha, «Tolibon» a’zolari o‘g‘irlab ketilgan ota va o‘g‘ilni qutqargan. Otishma chog‘ida toliblardan bir kishi va bir nafar tinch aholi vakili yaralangan, o‘g‘rilarning to‘rtalasi ham o‘ldirilgan.

Sentabr o‘rtalarida «Tolibon» xavfsizlik xizmati Mozori Sharif shahrida bolalar o‘g‘rilari guruhini qatl qilib, to‘rt nafar yosh bolani ozod etganini e’lon qilgan edi. O‘shanda afg‘onistonliklar ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan videolarda mamlakatning turli hududlarida odamlarning o‘g‘irlab ketilishi va jazolanishi holatlarini ko‘rish mumkin edi. Ayollarni omma oldida do‘pposlash holatlari ham boshlangani aytilgandi. Ammo ushbu voqealarni izohlovchi rasmiy xabarlar berilmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistonda jismoniy jazolarni qaytadan joriy qilmoqchi