
Foto: Reddit
Internetda yana noma’lum paxmoq hayvonning surati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Ta’kidlanishicha, suratda paxmoq it tasvirlangan. Uning surati Reddit tarmog‘ida 2021 yilning fevralida e’lon qilingan (ammo Twitter foydalanuvchilari orasida u hozirga kelib mashhurlikka erishdi).
Suratdagi itning chap panjalariga yaxshilab e’tibor berilsa, aslida bu orqa panjalar, o‘ng tomondagisi esa tabiiyki, old panjalar ekanini ko‘rish mumkin.
«It shunchaki sakragan vaqtida boshini burishga uringan, uning qalin junlari esa optik illyuziya bo‘lmasa-da, aniq chalkashlikni yuzaga keltirgan», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar