19:31 / 01.10.2021
2 754

«Tolibon» xorijiy diplomatlar uchun ziyofat uyushtirdi

«Tolibon» xorijiy diplomatlar uchun ziyofat uyushtirdi
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati payshanba kuni Kobuldagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar vakillari uchun ziyofat va kechki ovqat uyushtirdi. Bu haqda TASS Tolibon vakili Zabihulloh Mujohidga asoslanib xabar bermoqda.

U «Twitter»dagi sahifasida tadbirdan olingan videolarni joylashtirgan. Taklif etilganlar orasida Rossiya elchisi Dmitriy Jirnov, Pokiston va O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Mansur Ahmad Xon va Yodgorxo‘ja Shadmanov bo‘lgan.

Uchrashuvda «Tolibon» rahbariyati vakillari, jumladan, muvaqqat hukumat raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Mulla Abdul G‘ani Barodar ham qatnashgan.

Tadbir davomida Mavloniy muvaqqat kabinetida harakat tomonidan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan Amir Xon Muttaqiy diplomatlarga Afg‘onistondagi «muhim siyosiy o‘zgarishlar» paytida o‘z ishlarini davom ettirganlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Bundan tashqari, u «afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatgan va Vazirlar Mahkamasi bilan muloqot qilish niyatini bildirgan davlatlarga» ham minnatdorchilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» xorijiy diplomatlar uchun ziyofat uyushtirdi