
Foto: Facebook / @anam.distro
Indoneziyada Zoyrul Anam ismli erkak o‘zining guruch qaynatgichiga «uylandi». Elektr qurilmasi bilan bo‘lib o‘tgan to‘y marosimining suratlarini u Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Suratlardan ko‘rish mumkinki, guruch qaynatgich kelinning yopinchig‘i bilan bezatilgan, kuyov esa bayramona kiyimda to‘y hujjatlarini imzolagan.
Anamning ta’kidlashicha, uning jufti «to‘g‘ri so‘z, itoatkor, suyukli va yaxshi ovqat tayyorlaydi».

Foto: Facebook / @anam.distro
Ammo «to‘y»dan to‘rt kun o‘tib erkak ajrashishga qaror qilgan. Anam o‘zining bu kabi qarorini «suyuklisi» faqat guruch tayyorlay olishi bilan izohlagan.

Foto: Facebook / @anam.distro

Foto: Facebook / @anam.distro
NDTV’ning yozishicha, Anam — Indoneziyada o‘zining noodatiy chiqishlari bilan tanilgan bo‘lib, «to‘y» obunachilarining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana bir bahona bo‘lgan xolos. Internetda tarqalgan suratlarga ko‘ra, u buning uddasidan chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar