
Foto: AP
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakatga kelib davlat to‘ntarishini amalga oshirishni istagan, dedi "Gruziya orzusi" hukmron partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze.
"U davlat to‘ntarishini amalga oshirish va mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqarish uchun Gruziyaga kelgan. Mos ravishda, huquq-tartibot organlari uning yangi jinoyatining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rdi", — dedi Kobaxidze.
Juma kuni mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili Saakashvili Gruziyada qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Bungacha sobiq prezident oktabrda o‘tadigan saylovlarga vatanga qaytishini aytgandi.
U Gruziyada qator jinoyatlarda ayblanib qidiruvga berilgandi. Qo‘lga olingan Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar