Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) armiyasi va rossiyalik “harbiy maslahatchilar” insyonlarni bostirish chog‘ida inson huquqlarini buzgan. Bu haqda MAR Adliya vaziri Arno Jubaye-Abazene ma’lum qildi.
U mahalliy harbiylar va “rossiyalik maslahatchilar”ning ayblarini tan olgan bo‘lsa-da, asosiy javobgarlikni isyonchilarga yukladi. Shuningdek, vazir BMTning MARni barqarorlashtirish bo‘yicha Ko‘p tarmoqli kompleks missiyasi askarlari ham zo‘ravonliklarga qo‘l urganini aytdi.
Arno Jubaye-Abazenening so‘zlariga ko‘ra, jinoyat qilgan mahalliy askarlar MAR qonunlariga ko‘ra javobgarlikka tortiladi, “ko‘k kaskalilar”ni esa tegishli davlatlar javobgarlikka tortishi lozim.
Joriy yil martida BMT ekspertlar guruhi rossiyalik yollanma jangchilarni MARda inson huquqlarini jiddiy ravishda buzishda ayblagan edi. Guruh tayyorlagan hisobotda qayd etilishicha, rossiyaliklar tergov paytida qiynoqqa solish, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va tinch alohini quvish bilan shug‘ullangan. Bu holatlarda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari hamda Sewa Security Services va Lobaye Invest Sarlu qo‘riqlash kompaniyasi xodimlarining qo‘li borligi aytildi.
Moskva MARda faqatgina 1135 nafar “rossiyalik harbiy maslahatchi” borligini bildirgan.
“Vagner” jangchilari MARda nimalar bilan shug‘ullanganini aniqlash uchun 2018 yilda u yerga borgan rossiyalik jurnalistlar Kirill Radchenko, Aleksandr Rastorguyev va Orxan Jamol o‘ldirib ketilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi