3 oktabrda Milanda yuz bergan aviahalokatda 68 yoshli ruminiyalik tadbirkor va milliarder Dan Petresku halok bo‘ldi. E’tiborlisi, kichik o‘lchamli xususiy samolyotni Petreskuning o‘zi boshqargan.
Pilatus PC-12 rusumidagi samolyotda hammasi bo‘lib 8 kishi, jumladan milliarderning rafiqasi va 30 yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Samolyot Milan chekkasidagi bo‘sh turgan ikki qavatli binoga kelib urilgan. Aviahalokat sabablari hozircha noma’lum. Falokat oqibatida bino va uning yonida qo‘yilgan bir nechta avtomobil alanga ichida qolgan. Yerda hech kimga zarar yetmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Milan aeroportidan uchib, Sardiniya oroli tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan. Ba’zi guvohlarning ta’kidlashicha, samolyot binoga urilishidan oldinoq yonayotgan bo‘lgan.
Petresku Ruminiyaning eng badavlat odamlaridan biri hisoblangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi