Foto: «RIA Novosti»
Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzgan «Tolibon» harakatning 34 a’zosini davlat lavozimlariga, jumladan, bir kishini vazirlikka tayinladi. Tegishli qaror harakat vakili, axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohidning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan, deb yozadi «TASS».
Hujjatga ko‘ra, tasdiqlangan har bir lavozimga «Tolibon»ning faqat diniy unvonga ega vakillari tayinlangan: to‘rt nafar qori, 16 mulla va 14 mavlaviy (maxsus diniy ta’lim olgan mullalar).
Xususan, mulla Abdumajid Oxund shahidlar va nogironlar masalalari bo‘yicha vazir lavozimini egalladi va shu tariqa sentabr oyida tuzilgan muvaqqat hukumatning 23-a’zosiga aylandi. Mavlavi Abdukabir bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Mavlaviy Mati ul-Haqq Afg‘oniston Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari bo‘ldi, harakatning asoschilaridan biri, yaqinda mamlakatda ommaviy qatl qilish amaliyoti qayta tiklanganini e’lon qilgan mulla Nuruddin Turobiy esa uning o‘rinbosari bo‘ldi.
Qolgan toliblar asosan viloyat ma’muriyatlari rahbarlari yoki ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlangan. Qaror «Tolibon» oliy rahbari Mavlavi Haybatulla Oxundzoda tomonidan ma’qullangan.
Mahalliy matbuot qayd etishicha, yangi tayinlangan 34 amaldorning deyarli hammasi pushtunlar, ya’ni Afg‘onistondagi eng katta etnik guruh vakillaridir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi