
Foto: «Nobelprize.org»
2021 yilda fizika yo‘nalishida Nobel mukofotlari laureatlari italiyalik Jorjo Parizi, germaniyalik Klaus Hasselman va yapon millatiga mansub amerikalik Syukuro Manabe bo‘lishdi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi bugun, 5 oktabr kuni ma’lum qildi.
Manabe va Hasselman Yer iqlimini modellashtirishgani va global isishni prognozlashgani uchun yuksak mukofotga loyiq topildi.
Parizi esa «atomlardan tortib sayyoralar miqyosigacha» bo‘lgan murakkab tizimlarda elementlarning ichki ta’sirlarini o‘rganishdagi yutuqlari uchun taqdirlandi.
Fizika yo‘nalishida mukofot egalarini Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi aniqlaydi. Shu paytgacha fizika yo‘nalishida mukofotlar 114 marotaba topshirilgan. Birinchi laureat (1901 yil) keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan rentgen nurlarini aniqlagan nemis olimi Konrad Rentgen bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar