1 884
Zelenskiy, Aliyev va Nazarboyevning sirli rafiqasining «Pandora arxivi»dagi ofshor sxemalarga aloqadorligi aniqlandi
Vladimir Zelenskiy
Foto: AFP
2021 yil 3 oktabr kuni Surishtiruvchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumi «Pandora arxivi»ni (The Pandora Papers) e’lon qildi. Bu 117 ta mamlakatda 150 dan ziyod OAVda faoliyat olib borayotgan 600 nafardan ko‘p jurnalistning surishtiruvlari natijasi. To‘plamga 14 ta ofshor registratorlarining ichki arxivi kiritilgan. «Pandora arxivi»dan jami 12 million hujjat o‘rin olgan. Ofshor sxemalarga dunyo siyosatchilari, ko‘plab amaldorlar va shou-biznes yulduzlarining aloqasi borligi aniqlangan. Meduza ular haqida nimalar ommaga oshkor bo‘lgani haqida ma’lumotlarni keltirgan.
Vladimir Zelenskiy
Taxminlarga ko‘ra 2012 yilda kelajakda Ukraina prezidenti bo‘lishni maqsad qilgan komik, «Kvartal 95» studiyasidagi hamkorlari bilan ofshor firmalar tarmog‘ini tashkil qilgan. Ularning aytishiga ko‘ra bu ishlar mablag‘larni hukumat va jinoiy guruhlardan himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan. Tarmoqni ayni vaqtda Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanov boshqargan bo‘lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan kompaniyalar orqali Zelenskiyning hamkorlari Londondan bir nechta kvartira xarid qilgan.
Boshqa tomondan olib qaraganda arxivdagi hujjatlarda «Kvartal»ga aloqador ofshorlar orqali Zelenskiy prezidentlikka saylanishidan avval oligarx Igor Kolomoyskiydan 40 million AQSH dollari olingani bo‘yicha ayblovlarni tasdiqlaydigan dalillar topilmagan. Ayblovlardagi firmalar haqiqatan ham Zelenskiyga tegishli bo‘lgan, ammo ushbu firmalarning hisob raqamlarida Kolomoyskiydan o‘g‘irlangan pullar topilmagan.
Zelenskiy prezidentlikka saylanishidan ma’lum vaqt avval Britaniyaning Virginaiya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan Maltex Multicapital Corp. asosiy firmasidagi oilaviy ulushni o‘zining «Kvartal»dagi ko‘p yillik hamkori Sergey Shefirga o‘tkazgan. Shefir bugungi kunda rasman prezidentning birinchi yordamchisi lavozimida ishlamoqda. Hujjatlarda qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra firma hanuzgacha prezidentning rafiqasi egalik qiladigan kompaniyaga dividend to‘lamoqda. Zelenskiy to‘ldirgan deklaratsiyalarning hech birida Maltex’ga egalik qilganini qayd etmagan.
Ilhom Aliyev
Foto: Scanpix
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oilasi arxivda keltirilgan Britaniya Virginiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 84 ta kompaniyaga aloqador. Kompaniyalar Londonning eng serhasham joylaridan ko‘chmas mulk sotib olish bilan shug‘illangan. Sotib olingan mulkning umumiy qiymati 700 million dollarga yetgan. 2015 yilda neft narxi qulay boshlagach, Aliyevlar ham ko‘chmas mulklardan asta-sekin qutulishga o‘tdi, lekin shunda ham 191 million dollarlik ko‘chmas mulkni o‘z ixtiyorlarida saqlab qolishdi.
Aliyev oilasining aktivlari u prezidentlik kursisiga o‘tirgan dastlabki yillardayoq uning farzandlariga o‘tgan va ularni tug‘ilgan zahoti millionerga aylantirgan. Ilhom Aliyevning o‘g‘li Geydar birinchi ofshor kompaniyasining egasiga aylangan vaqtda boshlang‘ich sinfda o‘qigan, 11 yoshida qiymati 44 million dollar bo‘lgan butun boshli uy bolakayning nomida edi. Prezidentning qizi Arzu 19 yoshida narxi 7 million dollar bo‘lgan Londondagi ko‘chmas mulkning, shuningdek, katta davlat buyurtmalarini amalga oshiradigan ishlab chiqarish zavodining egasi bo‘lgan.
Nursulton Nazarboyev
Foto: Scanpix
1999 yilda Qozog‘istonda mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ikkinchi norasmiy rafiqasi — Asel Kurmanbayeva borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. U shu yili 18 yoshida «Miss Qozog‘iston» go‘zallik tanlovida g‘olib chiqqandi. Qozog‘istonda farzandlarga boboning emas balki otaning ismini familiya sifatida berish ko‘p uchraydi, yangiliklar saytlarida e’lon qilingan turli xabarlarda Kurmanbayevning o‘g‘illari Nursultanuli sharifini olgani ma’lum bo‘lgan.
«Pandora arxivi»da Kurmanbayevaning qozog‘istonlik oligarxlardan hech qanday tijoriy faoliyat olib bormagan kompaniyaning 30 million dollarlik aksiyalarini qabul qilib olgani fosh bo‘ldi. Bundan tashqari arxivdagi ma’lumotlar Kurmanbayevaning firmalari Nazarbayev fondi bilan tijoriy aloqada bo‘lgan: bir nechta holatlarda ikki tomon deyarli hamkorlikda biznes olib borgani ko‘rinadi.
Andrey Babish
Foto: EPA
Chexiyaning amaldagi bosh vaziri xuddi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kabi katta siyosatga mamlakatda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashishini va’da qilgan holda qadam qo‘ygan. 8—9 oktabr kunlari u navbatdagi saylovlarda ishtirok etadi.
Babish siyosatga kirguniga qadar biznes bilan shug‘illangan, «Pandora» hujjatlari bo‘yicha 2009 yilda u Britaniyaning Virginiya orollarida Blakey Finance Limited kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan. U boshqa kompaniyalarga 15 million yevro miqdorida kredit arjatgan, bu pullar evaziga Babish Fransiyaning Tulona shahridan (Havorang sohil) villa sotib olgan. Babish deklaratsiyalarida qasr va Fransiyada yana boshqa ko‘chmas mulklari borligini bildirgan. Biroq u deklaratsiyalarda Blakey Finance Limited ofshorini keltirmagan, shu sababli 15 million yevroning qayerdan kelib qolgani hanuzgacha noma’lum edi. Babish «Pandora arxivi» e’lon qilinganidan keyin bu pullarning Chexiyadagi biznes mahsuli ekani va ular uchun davlatga soliqlarni to‘laganini ma’lum qildi.
Sinisha Mali
Foto: Getty Images
2015 yilda OAVda Belgrad shahri meri Sinisha Malining Bolgariyaning Qora dengiz sohillarida 24 ta kvartiraga egalik qilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mali ushbu axborotni keskin inkor qildi. Xatto ushbu axborotni isbot qiladigan jurnalistlarga o‘sha kvartiralarning kalitlarini berishga tayyor ekanini aytdi. «Pandora» hujjatlari uning Britaniya Virginiyasidagi ofshorlar orqali Bolgariya firmalarini sotib olgani, firmalar esa kvartiralarga egalik qilishi fosh bo‘ldi. Serbiya poytaxti merligiga saylanishidan avval Mali ko‘chmas mulklari bo‘yicha huquqlarni asta-sekin topshira boshlagan, biroq bu ishni rasman qilgan bo‘lsa ham, alal-oqibat firmalar orqali biznesni boshqarishda davom etgan. Hozirda Mali Serbiya moliya vaziri lavozimida ishlaydi va pul yuvish operatsiyalarini o‘tkazishga keskin qarshi chiqadigan idoraga rahbarlik qilmoqda.
Toni Bleyr
Foto: PA
«Pandora arxivi»da Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va uning rafiqasi London markazidagi Viktoriya koshonasini qariyb 9 million dollarga sotib olishda soliqlardan qochishga uringani bo‘yicha hujjatlar keltirilgan. Juftlik uni bir yo‘la sotib olish va turli soliqlar uchun 400 ming dollar to‘lash o‘rniga Britaniyaning Virginiya orollaridagi ofshor orqali xaridni amalga oshirgan. Ofshor firma avval Bahrayn turizm vaziri Zayid bin Rashid al-Zayaniyga tegishli bo‘lgan. Cherri Bler erining kelishuvda ishtirok etganini ta’kidlagan, ayolning o‘zi binoni sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq sxema orqali xaridni amalga oshirishni sotuvchining o‘zi taklif qilgan. Cherri Bler bu haqda bilmaganini aytgan. Ofshor kompaniyasi allaqachon yopilib ketgan.
Qirol Abdulla II
Foto: AFP
Iordaniya qiroli Abdulla II ning AQSH hamda Buyuk Britaniyada qiymati 106 milliondan ko‘p bo‘lgan 14 ta uyi borligi oshkor qilingan. Taxt egasi ularni sotib olish uchun ofshor kompaniyalarda foydalangan. Bunday ma’lumotlarning paydo bo‘lishi qirol obro‘siga jiddiy putur yetkazishi mumkin, sababi u bir necha oy avval o‘z ukasini korrupsiya va soxtakorlikda, shuningdek, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblagan. Qirolning AQSH va Buyuk Britaniyadagi advokatlari hujjatlarda Abdullaning ko‘chmas mulklarni sotib olish uchun Iordaniyaga berilgan xalqaro moliyaviy yordam mablag‘laridan foydalanganini isbotlaydigan dalillar yo‘q. Ularning so‘zlariga ko‘ra mazkur ob’ektlarning ko‘pchiligi monarxga umuman aloqador emas.
Pep Gvardiola
Foto: Reuters
Hozirda «Manchester Siti»da bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan Pep Gvardiola va shou-biznesning bir nechta vakillari ham «Pandora arxivi»da ofshor orqali turli sxemalarda ishtirok etgan. Gvardiola, shu bilan birga Klaudiya Shiffer, Ringo Starr, Elton Jon, Shakira va Enrike Iglesias ofshor hisoblar orqali o‘zlari millionlar ishlab topgan mamlakatlarning soliqlaridan qochishga uringan. Jumladan, Gvardiola Panamada ofshor kompaniya tuzib, u orqali Andorra bankida hisob raqami ochgan, Qatar chempionatida futbolchilik davrining so‘nggi yillarida topgan pullarini shunday saqlagan. Agar u bunday sxemani qo‘llamaganida Ispaniya fuqarosi sifatida mamlakat budjetini taxminan yarim million yevro bilan to‘ldirishi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi