Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniyani Oq uyda Rapunsel deb atashgan. Bu haqda AQSH ma’muriyatining sobiq matbuot kotibi Stefani Grishem yozgan kitobga asoslanib, Bussines Insider xabar berdi.
Stefani Grishem o‘z kitobida shunday deydi: «Men hozir Tramp davrida Oq uyda ko‘rganlarim haqida savollaringizga javob beraman. Tramp ma’muriyati xodimlari AQSHning birinchi xonimini Rapunsel deb ataganiga sabab u o‘z vazifalarini e’tiborsiz qoldirib, Oq uydan deyarli chiqmasdi. Shuni ham ta’kidlash joizki, Melaniyani ota-onasi yoki o‘g‘li Barron bilan birga asosan ma’muriy saroydan topish mumkin edi».
Grishamning ta’kidlashicha, Melaniya ko‘p vaqtini fotoalbomlar ustida ishlashga sarflagan. Kitobning 5 oktabrda chiqarilgan parchasida aytilishicha, fotoalbomlar Melaniyaning «ikkinchi farzandi» edi.
Bundan tashqari, Amerika sobiq rahbarining qizi Ivanka va uning eri Jaredga stajorlar laqabi berilgan. Grishemning takidlashicha, Oq uy xodimlari ushbu juftlikni «hamma narsadan xabardor» kishilar deb hisoblardi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi