London Oliy sudi Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktumning Pegasus dasturidan foydalanib, oltinchi rafiqasi, Iordaniya malikasi Xayya bint al-Husaynning telefonini kuzatishni buyurganini aniqladi.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, malika Xayya va uning advokatlariga tegishli telefonlar malikaning ikki farzandiga vasiylik to‘g‘risida sud ishi olib borilayotgan vaqtda buzilgan.
Malikaning aytishicha, telefoniga buzib kirilganidan so‘ng u o‘zini «ta’qib etilayotgandek» his qilgan.
Shayx Muhammad ayblovlarni rad etmoqda. U sud xulosalari unga oshkor qilinmagan dalillarga asoslanganini aytdi. 6 oktabr kuni chiqarilgan Oliy sud qarorlarida xakerlik hujumlari «Buyuk Britaniya ichki jinoiy qonunining izchil buzilishi», «umumiy huquqning asosiy me’yorlari va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qoidalarini buzish» va «hokimiyatdagi vakolatlarini suiiste’mol qilish» deb atalgan.
2019 yil iyul oyida Dubay amiri Londonga qochib ketgan rafiqasi ustidan sudga murojaat qilgandi. Malika Xayya al-Husayn Dubayni 7 va 11 yoshli ikki farzandi bilan tark etgan va ajrashish uchun ariza bergan.
2018 yilda Dubay amirining qizi malika Latifa ham otasidan qochib, AQSHdan siyosiy boshpana olishga uringandi. Malika qo‘lga olinib, Birlashgan Arab Amirliklariga qaytarilgan. 2019 yilda Angliya va Uels Oliy sudi tomonidan Dubay amiri Muhammad bin Rashid al-Maktum ikki qizi — malika Latifa va Shamsani o‘g‘irlab, ularni o‘z xohishlariga qarshi ushlab turibdi, deb topilgan.
BBC fevral oyida Latifaning eski videomurojaatini tarqatgan. Unda Latifa mamlakatdan qochishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugagandan so‘ng o‘zini villada majburan ushlab turilgani haqida ma’lum qilgan. Videomurojaat tarqalganidan keyin BMT Birlashgan Arab Amirliklaridan malika tirik ekani haqida dalillarni taqdim etishni talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi