
Foto: Global Look Press/Dominika Zarzycka
6 oktabr kuni korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv doirasida Kursning bir necha maslahatchilari ish kabinetlarida tintuvlar o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgandi. Avstriya kansleri Sebastyan Kurs korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv fonida iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg kansler vazifasini vaqtincha bajarib turadi.
Shu bilan birga, Kurs Avstriya xalq partiyasi rahbarligida qoladi.
6 oktabr kuni korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv doirasida Kursning bir necha maslahatchilari ish kabinetlarida tintuvlar o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgandi.
Gumonlanuvchilar ro‘yxatidan maslahatchi Shtefan Shtayner, OAV bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Gerald Flyayshmann, moliya vazirligi bosh kotibi Tomas Shmidt, bir necha nafar matbuot kotiblari va sobiq rasmiy shaxslar o‘rin olgan.
Tergov fikriga ko‘ra, ular davlat mablag‘lariga so‘rovnomalarning hukmron Avstriya xalq partiyasi foydasiga soxtalashtirilgan natijalarini sotib olgan.
Bundan tashqari, iqtisodiyot va korrupsiya ishlari bo‘yicha prokuratura Kursni vazirlar mahkamasi rahbarining koalitsiyasini parokanda qilgan va muddatidan saylovlar o‘tkazilishiga olib kelgan «Ibitsa ishi» bo‘yicha gumonlanuvchilar ro‘yxatiga kiritgan. Qayd etilishicha, Sebastyan Kurs avvalgi tergov vaqtida yolg‘on guvohlik berganlikda gumon qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar