
Koronavirus pandemiyasi tufayli xorijliklarning AQSHga kirishiga qo‘yilgan barcha cheklovlar 8 noyabrdan olib tashlanadi. Bu haqda Bayden ma’muriyati ma’lum qildi.
Shu paytgacha AQSHga kelish taqiqlangan hududlar ro‘yxatida 33 ta davlat bor edi (O‘zbekistondan tashqari). So‘nggi 14 kun ichida ushbu davlatlarda bo‘lgan shaxslar (AQSH fuqarolari va doimiy rezidentlardan tashqari) AQSHga kirishi taqiqlangan edi. 8-noyabrdan boshlab bu davlatlar fuqarolari ham endi AQSHga kelishi mumkin.
Faqat AQSHga kirish uchun koronavirusga qarshi vaksina olganini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. Shuningdek, so‘nggi uch kun ichida virusga qarshi topshirilgan "PSR" testi manfiy natijasi ham talab qilinadi.
Kanada va Meksikadan quruqlik orqali AQSHga kirishga qo‘yilgan cheklovlar ham 8 noyabr kuni bekor qilinadi.
AQSHga KirishKoronavirus PandemiyasiCheklovlar Olib TashlanmoqdaVaksina HujjatiPSR TestiKanada Meksika O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing