Foto: «Rail-news.kz»
Qozog‘istonda ayollar uchun alohida vagonlari bo‘lgan poyezdlar ishga tushirildi, deb yozadi Tengrinews.
Qirg‘iziston temir yo‘llari 10 oktabrdan Almati—Oskemen va Almati—Mang‘istov yo‘nalishlari bo‘yicha poyezdlardagi maxsus vagonlarga «ayollar chiptalari»ni sotish loyihasini ishga tushirdi. Loyiha talabga qarab boshqa yo‘nalishlarga ham joriy qilinadi.
Yo‘lovchilarga oddiy vagon yoki ayollar uchun alohida vagonni tanlash huquqi beriladi. Vagonlar ko‘rinishidan oddiylaridan farq qilmaydi, ular uchun chiptalar narxi ham Qozog‘iston temir yo‘llari standart tariflari bo‘yicha shakllantiriladi.
Ayollar uchun maxsus vagonlarga rasmiylashtirilgan chiptalarda «JN» (jenskiy) belgisi bo‘ladi.
Keyinroq Qozog‘iston temir yo‘llari departamenti direktorining ma’lum qilishicha, vagonga 7 yoshgacha o‘g‘il bolalarni o‘zi bilan olish mumkin. Shuningdek, vagonda faqat ayol provodniklar xizmat ko‘rsatadi. Boshqa jihatdan esa hech qanday farqlar bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi