16:30 / 20.10.2021
2 656

Yaponiyada zilziladan keyin Ikkinchi jahon urushi davridagi kemalar suv yuzasiga qalqib chiqdi (video)

Yaponiyada zilziladan keyin Ikkinchi jahon urushi davridagi kemalar suv yuzasiga qalqib chiqdi (video)
Yaponiyaning Ivodzima oroli yaqinida zilzila Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kemalar qoldiqlarini dengiz qa’ridan yuzaga olib chiqdi, deb yozadi «RBK» Asahi telekanaliga tayanib. Kemalarning suv yuzasiga qalqib chiqqan sinchlari aks etgan fotosuratlar ham ilova qilingan.

Ivodzima uchun borgan janglarda Amerika qo‘shinlari tomonidan egallab olingan va cho‘ktirib yuborilgan 24 ta yapon transport kemasi suv yuzasiga chiqib qolgan. So‘ng ular orolning g‘arbiy qismiga ko‘chirib o‘tkazilib, to‘lqinqaytargichlar sifatida foydalanilgan.

Tabiiy ofatlar oldini olish bo‘yicha fan va texnika milliy instituti Vulqonlarni tadqiq qilishga ko‘maklashish markazi direktori Setsuya Nakata telekanalga ma’lum qilishicha, Ivodzima orolida katta vulqon otilishi ehtimoli bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ivodzimadagi Suribati vulqoni — Yaponiyadagi 110 ta faol vulqonlar orasida portlash xavfi eng katta bo‘lgan vulqondir.

Ivodzimada hech kim yashamaydi, orol 1968 yil AQSH uni Yaponiyaga qaytarib berganidan buyon harbiy baza hisoblanadi. Shu yilning avgustida NASA sun’iy yo‘ldoshi Fukutoku-Okanoba yerosti vulqoni otilishini suratga oldi. Vulqon otilishi natijasida Tinch okeanida yangi orol paydo bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida 20 oktabr kuni Aso vulqoni otildi. Vulqon kuli Nakadake krateridan bir kilometrdan uzoqqa otilgan va qariyb 3,5 ming metr balandlikka yetgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada zilziladan keyin Ikkinchi jahon urushi davridagi kemalar suv yuzasiga qalqib chiqdi (video)