18:15 / 25.10.2021
1 691

Berdimuhamedov Ashxobodga tashrif buyurgan Qozog‘iston prezidentiga ot va it sovg‘a qildi

Berdimuhamedov Ashxobodga tashrif buyurgan Qozog‘iston prezidentiga ot va it sovg‘a qildi
Foto: Facebook
24 oktabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki kunlik davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Berik Ualiga tayanib, «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.

Aeroportda Qozog‘iston rahbarini Turkmaniston bosh vazirining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov kutib olgan. U yerdan To‘qayev va kichik Berdimuhamedov muzokaralar olib borish uchun «Og‘uzkent» mehmonxonasiga yo‘l olgan. Uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilingani haqida na turkman, na qozoq matbuot xizmatlari xabar bergan.

Foto: Facebook
Shundan so‘ng Qozog‘iston prezidenti Axalteke ot sporti majmuasiga bordi, uni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.

Bu yerda mehmonga Turkmaniston rahbarining otlar kolleksiyasi tanishtirilib, chavandozlar tomoshasi namoyish etildi. Turkmaniston davlat axborot agentligining yozishicha, dasturning diqqatga sazovor joyi otlarning san’atkorlar bilan birgalikda ijro etgan kushtdepdi raqsi bo‘ldi.

«Bu yorqin, o‘ziga xos ot sporti namoyishi mamlakatimizning hurmatli mehmonida chindan ham hayratlanarli taassurot qoldirdi», — deyiladi agentlik xabarida.

Foto: Facebook
Tadbir so‘ngida Gurbanguli Berdimuhamedov qozog‘istonlik hamkasbiga Axalteke zotli Ganatli otini sovg‘a qildi. Axalteke otlari xalqaro assotsiatsiyasi va «Turkman alabayi» xalqaro assotsiatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Serdar Berdimuhamedov esa Bovser laqabli tozi it sovg‘a qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berdimuhamedov Ashxobodga tashrif buyurgan Qozog‘iston prezidentiga ot va it sovg‘a qildi