15:43 / 27.10.2021
1 403

«iPhone 13 Pro»ni 15 soniyada buzgan xakerlar 330 ming dollarni qo‘lga kiritishdi

«iPhone 13 Pro»ni 15 soniyada buzgan xakerlar 330 ming dollarni qo‘lga kiritishdi
Foto: «AppleInsider.ru»
«Tianfu Cup» kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro tanlovida «Pangu Lab» (Xitoy) jamoasi xakerlari masofadan turib «iPhone 13 Pro» smartfonini buzib kirib, o‘z nazoratlariga olishdi. Buning uchun ularga atigi 15 soniya kifoya qildi. «Forbes» yozishicha, xakerlar smartfon egasining ma’lumotlari, fotosuratlari va barcha ilovalarini qo‘lga kiritishgan.

Xitoylik xakerlar qurilmadagi ayrim ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni ham uddalashgan. Ta’kidlanishicha, «Pangu Lab» jamoasi smartfonni buzishda iOS 15 yadrosi hamda Safari brauzeridagi zaiflikdan foydalanishgan.

«Smartfonni sanoqli soniyalarda buzish uchun foydalanuvchi xakerlar tayyorlab qo‘ygan tuzoq — zararli havolani bosishining o‘zi yetarli bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Eng so‘nggi talqindagi ayfonni buza olgan «Pangu Lab» jamoasiga 330 ming dollar mukofot puli topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «iPhone 13 Pro»ni 15 soniyada buzgan xakerlar 330 ming dollarni qo‘lga kiritishdi